Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarni koʼpaytirish orqali isteʼmol bozorlarini yanada toʼldirish maqsadida, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatda quyonchilik sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslaridan ruhlanib, ayni paytda Toshkent viloyatining Quyi-Chirchiq tumanida quyonchilikka ixtisoslashgan yirik Аgrokompleks tashkil etilmoqda.
Dastlabki hisob-kitoblarga koʼra, amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning qiymati 19 million АQSh dollarini tashkil etadi.
Loyihani amalga oshirishda quyonchilik sohasi rivojlangan ilgʼor xorijiy davlatlar taribasini oʼrgandi. Bu bo'yicha 2019 yilda Italiya davlati bilan hamkorlik memorandumi imzolanilgan. Ushbu memorandum asosida joriy yilning yanvar oyida Italiya davlatidan mutaxassislar kelib oʼz taklif va tavsiyalarini berdilar.
Ayni paytda Аgrokompleks qurilishi uchun 11 gektar yer maydoni ajratilib, 25 ming bosh quyon boqishga moʼljallangan 27 ta bino qurilishi boshlagan.
Bundan tashqari, Аgrokompleks ishchi xodimlari hamda chetdan kelayotgan mutaxassislar uchun bino qurilishi davom ettirilmoqda.
Shuningdek, Kompleksda quyonlarni oziqlantirish uchun yiliga barcha talablarga javob beradigan 50 ming tonna yem ishlab chiqarish yoʼlga quyiladi.
Аgrokompleks ishga tushishi natijasida, daslab 40 ishchi oʼrni yaratiladi, 50 ming bosh naslli ona quyon va 3 ming tonna quyon goʼshti yetishtirishga erishiladi.
Bundan tashqari Аgrokmleks tomonidan quyon goʼshtidan konserva mahsulotlari ishlab chiqish ham yoʼlga qoʼyiladi.
Ushbu Аgrokompleks joriy yilning noyabr oyida ishga tushirilishi belgilangan boʼlib, mamlaktimizdagi eng yirik quyon ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri boʼlishi kutilmoqda.