Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
MY BANK
Mavrid

Yangi tartib asosida 99 fuqaroga 21,3 mlrd soʼmlik ipoteka kreditlari ajratildi

...
Update: ...
Image
Yangi tartib asosida 99 fuqaroga 21,3 mlrd soʼmlik ipoteka kreditlari ajratildi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 28- noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida aholi farovonligini oshirish hamda ularni uy-joy bilan taʼminlash yoʼnalishida Mikrokreditbank tomonidan koʼp qavatli uylarni qurishni moliyalashtirish va aholiga ipoteka kreditlari ajratish muhim vazifalardan biri etib belgilandi.

Farmonga asosan Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan Konseptsiya talablaridan kelib chiqib, “Bank filiallari tomonidan aholiga koʼp kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari ajratishning” yangi ichki tartibi ishlab chiqildi.

Shuningdek, joriy yilning 5- mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan “Mikrokreditbank” АTB oʼrtasida 500 mlrd soʼmlik Bosh kelishuv imzolandi. Shu kunga qadar olingan resurs hamda ishlab chiqilgan tartib asosida 99 nafar fuqaroga 21,3 mlrd soʼm miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 25- martdagi “Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisida”gi 182-sonli qaroriga asosan uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga ipoteka krediti boʼyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʼlari hisobiga subsidiyalar toʼlanishi tartibi belgilandi.

Shunga koʼra, hududlardagi tuman va shaharlarda tashkil etilgan subsidiya toʼlanadigan fuqarolarni tanlab olish komissiyasi tomonidan Mikrokreditbank orqali uy-joy sotib olishi uchun jami 199 ta fuqaroga ijobiy qaror qabul qilingan. Shundan boshlangʼich badali uchun 22 ta, foizi uchun 119 ta hamda 58 ta fuqaroga ikkalasi yaʼni, foizi va boshlangʼich badali uchun ijobiy qaror berilgan.

Shuningdek, bugungi kunga qadar tuman (shahar) Gʼaznachilik boʼlimlariga subsidiya olish uchun 11 ta 307,5 mln soʼmlik buyurtmanoma yuborildi hamda shundan 10 ta fuqaroga 283,5 mln soʼm mablagʼ bankka kelib tushdi va 7 ta fuqaroga ipoteka krediti ajratildi.

Shu bilan bir qatorda, Prezidentimiz tomonidan 2020- yil 1- mayda tasdiqlangan “Аholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qaror ijrosi doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

  • Аjratiladigan ipoteka kreditlarining eng koʼp miqdorini hududlar boʼyicha oʼzgargan qiymatini fuqarolarga toʼgʼri va toʼliq yetkazildi;
  • Bank ichki tartibiga, bundan keyin ajratiladigan ipoteka kreditlari muddatini 15 yildan 20 yilga ajratish boʼyicha oʼzgartirish kiritildi;

2019- yil 28- noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Farmonga asosan 40 ta fuqaroga ajratilgan kredit muddati 15 yildan 20 yilga uzaytirilib, shartnomalarga tegishli oʼzgartirishlar kiritildi.

Mamlakatimiz aholisining asosiy ehtiyojlaridan biri hisoblangan uy-joyga boʼlgan talabni qondirish maqsadida koʼp qavatli uylarni qurish pirovardida respublikamiz hududlarining qiyofasini zamonaviylashtirish va urbanizatsiya darajasini oshirish borasida berilgan topshiriqlar ijrosi Mikrokreditbank tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirib borilmoqda. Bu yoʼnalishdagi ishlar tizimli tarzda davom ettirib boriladi.



See also

23 May 2022

“Микрокредитбанк”: 12 минг нафарга яқин хотин-қизларнинг бандлиги таъминланди

Ижтимоий дастурлар доирасида 272 млрд. сўм имтиёзли кредитлар ажратиш ҳисобига 11 990 нафар аёллар бандлиги таъминланди.
9 March 2022

Mikrokreditbank kreditlari ko‘magida 5 mingga yaqin xotin-qizlar “Аyollar daftari” dan chiqarildi

Bank tomonidan “Аyollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand qatlamga biznes loyihalarni taqdim etish, tadbirkorligiga koʼmaklashish orqali 4 884 nafar ayollarga imtiyozli shartlarda kredit ajratildi.
15 February 2022

Parrandachilik bo‘yicha 179 ta loyihaga kreditlar ajratildi

Parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha imtiyozlar berilmoqda

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X