
As is known, the IV Tashkent International Investment Forum (TIIF 2025) is being held in our capital on June 10-12 of this year. It is attended by international investors, financial institutions, representatives of business and the public sector, who discuss mutual dialogue, partnerships and new projects.
JSCB "Microcreditbank," which is an active participant in this forum, also held fruitful meetings with a number of international financial institutions and large companies.

Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Buyuk Britaniyadagi sho‘ba banki ICBC Standard Bank Plc bilan 15 mln. Yevro miqdorida depozit jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Mazkur shartnomaning imzolanishi xalqaro moliyaviy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish, bank mijozlariga xalqaro miqyosda tezkor va sifatli xizmatlar taqdim etish, xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, bank mijozlarining eksport va import amaliyotlarini soddalashtirish, savdoni moliyalashtirish, akkreditivlar va bank kafolatlari bilan bog‘liq faoliyatni samarali yuritishga imkon beradi.

Shuningdek, ushbu hamkorlik natijasida ICBC Standard Bank Plc bilan 20-50 mln. Yevro miqdorida 2 yil muddatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit liniyasi jalb qilish va bankda vakillik hisobraqamlari ochish rejalashtirilgan.
Albatta, bunday hamkorlik ikki moliya instituti o‘rtasida kelajakda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha uzoq muddatli strategik hamkorlik uchun ham asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.
Bank Axborot xizmati


















