
“Mikrokreditbank” ATB tizimida yo‘lga qo‘yilgan aloqa kanallari
orqali 2026-yil 1-yarim yillik davomida kelib tushgan murojaatlarni koʻrib
chiqish natijalari to‘g‘risida H I S O B O T
I. Umumiy ma‘lumot
Bank tizimida mavjud yoki ehtimoliy korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallariga 2026-yil 1-chorak davomida jami 96 ta xabar va murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan, 74 tasi Ishonch telefoni (+998 55 503-77-11), 9 tasi Telegram messenjeri (mk.banticor bot), 8 tasi Veb-sayt (www.mkb.uz), 4 tasi elektron pochta (mkbanticor@mkb.uz), 1 tasi Mavrid ilovasi orqali yo‘llangan.
Mazkur murojaatlarning 11 tasi Andijon viloyatiga, 14 tasi Qashqadaryo viloyatiga, 5 tasi Surxondaryo viloyatiga, 7 tasi Jizzax viloyatiga, 8 tasi Xorazm viloyatiga, 6 tasi Samarqand viloyatiga, 2 tasi Sirdaryo viloyatiga, 4 tasi Farg‘ona viloyatiga, 5 tasi Buxoro viloyatiga, 4 tasi Toshkent shahriga, 6 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasiga, 2 tasi Toshkent viloyatiga, 2 tasi Navoiy viloyatiga 4 tasi Namangan viloyatiga to‘g‘ri keladi.
II. Murojaatlarning tahlili va ko‘rib chiqish natijalari
Murojaatlarning 38 tasi kredit, 29 tasi kassa amaliyotlari va xodimlarning muomala madaniyati, 19 tasi plastik kartalar va bankomatlar, 2 tasi firibgarlik, 1 tasi xarid jarayonida bir tomonlama shartnomani bekor qilishga urunish holati va 7 tasi boshqa holatlar bo‘yicha bo‘lib, korrupsiya bilan bog‘liq vajlar qayt etilmadi.
Jumladan, murojaatlarning 21 tasi murojaatchi bilan bog‘lanishni imkoni bo‘lmaganligi sababli ma’lumot sifatida qoldirildi hamda 1 ta murojaat mazmuni bo‘yicha tegishli bo‘linmaga yo‘naltirildi, 1 tasi anonim deb topildi va ko‘rmasdan qoldirildi, 73 tasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilib, tushuntirish berildi.
Xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra murojaatlarda keltirilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.


















