
"Mikrokreditbank" ATB tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Murojaatda keltirilgan holatlardan farqli o‘laroq, fuqaro Hamidov Islom Ilhom o‘g‘liga bank tomonidan kredit mablag‘lari ajratilgan:• 2026-yil 26-fevral kuni 10 mln so‘m (oilaviy tadbirkorlik – chorvachilik yo‘nalishida);
• 2026-yil 18-mart kuni 40 mln so‘m (“Mening mahallam” dasturi doirasida).
Shuningdek, mazkur holat yuzasidan mijoz bilan bevosita muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida u bank faoliyati yuzasidan hech qanday e’tirozi yo‘qligini bildirgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat uning nomidan boshqa shaxs tomonidan yuborilganini ma’lum qilgan.
Mikrokreditbank tomonidan barcha xizmatlar amaldagi qonunchilik asosida, ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi. Bank uchun har bir mijozning ishonchi va manfaatlari ustuvor hisoblanadi.MKBANK — doimo mijozlar haqida o‘ylaydi.


















