
Yaqinda Facebookdagi “Xalq nazorati – narodniy control” sahifasida “Mikrokreditbank” ATB Surxondaryo viloyati Denov Bank xizmatlari markazi tomonidan fuqaro Mohinur Kattayevaning bank kartasidan asossiz mablag‘ yechib olingani yuzasidan tanqidiy post e’lon qilindi.
Mazkur murojaat shu kunning o‘zida mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, fuqaroning plastik kartasidan texnik sabablarga ko‘ra 2025-yil 18-avgust kuni 975 000 so‘m mablag‘ avtomatlashtirilgan tizim orqali noto‘g‘ri yechib olingan.
Ushbu xatolik bank tomonidan bartaraf etilib, mijoz mablag‘lari bank kartasiga qaytarildi. Kelgusida bu kabi holatlar kuzatilmasligi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Bank Axborot xizmati



















