
“Zolotaya Korona” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimining operatori va hisob-kitob markazi hisoblangan tashkilotga nisbatan Yevropa Ittifoqi tomonidan sanksiyalar joriy etilgani munosabati bilan, 2026-yil 25-iyuldan boshlab Mikrokreditbank orqali mazkur tizimda pul o‘tkazmalarini yuborish va qabul qilish xizmatlari vaqtincha to‘xtatiladi.
Xizmat faoliyati tiklangani haqida bankning rasmiy axborot kanallari orqali qo‘shimcha ma’lumot beriladi.Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!


















