Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
MY BANK
Mavrid

Yoshlar bandligi banklar e’tiborida

390
Update: 29 July 2022, 14:32
Image
Yoshlar bandligi banklar e’tiborida

Markaziy bank tomonidan Milliy matbuot markazida “Ta'lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g'oyalari banklar e'tiborida mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda Oliy Majlis deputatlari, tijorat banklarining mas'ul xodimlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining rahbarlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda aholi, xususan yoshlar bandligini ta'minlash davlat siyosati darajasiga olib chiqilgan. Bandlik masalasi ijtimoiy siyosatning muhim tarkibiy qismi sifatida odamlarning daromadlarini oshirishga yordam berish, turmush farovonligini oshirish, ish salohiyatini yanada to'laroq namoyon etishi uchun iqtisodiy sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Ayni maqsadlarga erishish uchun mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.

Tijorat banklari o'zlarining iqtisodiy-ijtimoiy vazifalaridan kelib chiqib, ushbu davlat siyosatni amalga oshirishda, yoshlarning biznes g'oyalarini ro'yobga chiqarishda yaqindan yordam berib kelmoqda. Banklarning kredit mablag'lari muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni echishga, ya'ni aholini ish bilan ta'minlash, iqtisodiy o'sish sur'atlarini qo'llab-quvvatlashga chambarchas bog'liq bo'lib, ijtimoiy qadriyatlarni boyitish va odamlarning hayotiy manfaatlarini qondirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Davlatimiz rahbarining “Ta'lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish, yoshlarni, avvalambor kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun qator imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar belgilab berildi.

Belgilangan chora-tadbirlar doirasida Markaziy bank, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda yangi ish o'rinlari tashkil etish bo'yicha aniq manzilli dasturlar ishlab chiqildi. Bunda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o'rinlari tashkil etish ko'zda tutilgan loyihalarini moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Birgina joriy yilning o'tgan yarim yilligida banklar tomonidan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishlari uchun 76,8 mlrd so'm, ya'ni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 baravar ko'p miqdorda kreditlar ajratildi. Natijada joylarda 8,5 mingga yaqin bitiruvchilar ish bilan ta'minlandi yoki o'z biznesini boshlashga muvaffaq bo'ldi.

Bunda tijorat banklarida kollej bitiruvchisining mikrokredit olish uchun ta'minoti etarli bo'lmagan taqdirda, yaqin qarindoshlarining (ota-ona, aka-uka, opa-singil) ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnomani taqdim etish orqali kafillik berish amaliyoti joriy etilgani o'z samarasini bermoqda.

Banklarning yangi ish o'rinlari yaratishga bo'lgan e'tibori faqat ta'lim muassasalarini bitiruvchilarning loyihalarini oliyalashtirish bilan cheklanmaydi. Kredit tashkilotlari tomonidan joriy yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga 7,5 trln so'm miqdorida, iqtisodiyot real sektori korxonalarini texnik va texnologik qayta jihozlash hamda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun 8 trln so'mdan ortiq investitsion kreditlar ajratilishi belgilangan. Bu mablag'lar evaziga boshqa tadbirkorlik sub'ektlarida ham qo'shimcha ish o'rinlari tashkil etishga sharoit yaratiladi.

Banklar “Sog'lom bola yili” davlat dasturi doirasida “Yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash” loyihasida faol ishtirok etmoqda. Loyiha doirasida bitiruvchilar, jumladan yosh oilalarni kichik biznesga jalb etish, ular o'rtasida biznesni yuritish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, marketing yo'nalishlariga bag'ishlangan seminar va treninglar tashkil etib borilmoqda. Hozirgi paytda respublikamizdagi har bir kollejga biriktirilgan bank xodimlari tomonidan minglab oilalarga kredit va grantlar olish bo'yicha turli maslahatlar berildi. Kasb-hunar kollejlarida tadbirkorlik burchaklari tashkil etildi va bitiruvchilar bilan moliyaviy mavzuda muntazam suhbatlar o'tkazib borish yo'lga qo'yildi.

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etishda banklar tomonidan mahalliy hokimliklar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda uyushtirayotgan ommaviy tadbirlarning ahamiyati katta bo'lmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida joriy yilning o'tgan davr mobaynida tijorat banklari tomonidan 26,6 mlrd so'mga teng biznes-rejalarni moliyalashtirish uchun 500 dan ortiq yosh tadbirkorga imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi, shundan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari 400 nafarni tashkil etdi va ularning 4,3 mlrd so'mlik loyihalari imtiyozli shartlarda moliyalashtirildi.

Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularning mamlakatimiz kelajagini yaratish yo'lidagi izlanishlari, tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko'nikmalarini muntazam oshirish, yoshlar tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalarni xususiy sektor faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida banklar jamoat tashkilotlari bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zLiDeP partiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Diplom bilan biznesga” loyihasi doirasida ta'lim muassasalarining 1000 dan ortiq bitiruvchisiga tijorat banklari tomonidan o'tgan yillarda 4,5 mlrd. so'm miqdorida imtiyozli kredit mablag'lari ajratildi. Shuningdek, 4,5 ming nafar bitiruvchilarning tadbirkorlik va ishbilarmonlikka oid bilimlari oshirildi.

Yana bir loyiha, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida amalga oshirilmoqda. “Mening biznes g'oyam”, “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” hamda “Yosh tadbirkor – kelajakka poydevor” loyihalarini respublikamizning barcha hududlarida o'tkazish an'anaviy tus oldi.

Banklar yoshlar bandligini ta'minlashda oilaviy tadbirkorlik va kasanachilikning rivojlanishiga ham xayrixohlik bilan qarashmoqda. Xotin-qizlar qo'mitasi, “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch – mulkdorlar safining kengayishi, bozorni iste'mol tovarlari va turli xizmatlar bilan boyitish, yoshlarni ish bilan ta'minlash va ularning daromadlarini oshirishga xizmat qilmoqda.



See also

26 June 2025

Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty

On June 27 of this year, a briefing will be held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."
13 May 2025

BRIEFING WILL BE HELD IN SYRDARYA

The Syrdarya Regional Department of Microcredit Bank will hold a briefing on increasing employment and reducing poverty.
13 May 2025

The next briefing is being organized.

On May 13 of this year, a briefing is being held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."

Vote

The quality of the helpline phone

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X