Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
MY BANK
Mavrid

“Tadbirkor ayol – barkamol avlod bunyodkori!”

...
Update: ...
Image
“Tadbirkor ayol – barkamol avlod bunyodkori!”

Shu kunlarda mamlakatimizning barcha xududlarida Eng ulug' va eng aziz bayram, Mustaqilligimizning 23 yilligi keng nishonlanmoqda. Joylarda mazkur sanaga bag'ishlab, “Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida go'zal O'zbekistonim!” shiori ostida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Anashunday tadbirlar Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Muzrobod va Qiziriq tumanlarida tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki hamkorligida “Tadbirkor ayol – barkamol avlod bunyodkori!” nomli yangi loyiha doirasida o'tkazilgan mazkur tadbirda viloyat va tuman hokimliklari, Xotin-qizlar qo'mitasi, tijorat banklari mutasaddi xodimlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Ma'lumki, Prezidentimiz tashabbusi va 2006-yil 5-maydagi Farmoni asosida faoliyat yuritib kelayotgan “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki o'tgan davr mobaynida ko'plab yurtdoshlarimiz, ayniqsa xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, konsalning xizmatlari ko'rsatish barosida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Jumladan, “Mikrokreditbank” tomonidan joriy “Sog'lom bola yili” Davlat Dasturi ijrosi yuzasidan ayollar tadbirkorligini har tomonlama rivojlantirish va moliyaviy qo'llab-quvvatlash maqsadida ayol tadbirkorlarga shuningdek, ishchilarining 50 foizini xotin-qizlar tashkil etuvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga ajratiladigan kredilar hajmini o'tgan yilga nisbatan 1,3 barobarga oshirish, ya'ni 74 milliard so'mga etkazish ko'zda tutilgan bo'lsa, yilning o'tgan olti oyi mobaynida qariyb 37 milliard so'mlik kredit mablag'lari ajratildi. Natijada 4840 nafardan ziyod xotin-qizlar uchun doimiy ish o'rinlari yaratildi.

Mazkur tadbirda ko'zlangan asosiy maqsad ham Respublikamizning chekka tumanlarida ayollar iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarga daromad manbalarini yaratishda ijtimoiy yordam ko'rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida viloyatning Oltinsoy, Muzrabod, Qiziriq kabi tumanlarida boshlang'ich sarmoya mikrokreditlariga ehtiyojmand bo'lgan ayollarni aniqlash, tadbirkorlik asoslariga o'qitish, ularga guruh kafilligi asosida mikrokreditlar ajratish ishlarini tashkil etishga qaratilgan.

Maqallamizda qo'li gul, chevar ayollarimiz juda ko'p, – deydi Qiziriq tumani Zartepa maqalla fuqarolar yig'inida yashovchi Dilfuza Boymatova. – Biroq tadbirkor sifatida ish boshlash, zamonaviy tikuv uskunalari xarid ?ilishimiz uchun mablag' masalasi biroz qiyinchilik tug'dirardi. Shu bois “Mikrokreditbank” tomonidan hech Qanday ta'minotsiz guruh kafilligi asosida mikrokreditlar ajratilishi biz uchun ayni muddao bo'ldi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar xukumatimiz tomonidan xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish, kerak bo'lsa ayollarning o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oilaning ijtimoy-maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash, iqtisodiy va ma'naviy asoslarini mustah?kamlash borasida puxta o'ylangan holda olib borilayotgan siyosat natijada bugun jamiyatimizda faol va tadbirkor ayollar safi nechog'lik kengayib borayotganini e'tirof etdilar.

Tadbir doirasida Xatin-qizlar qo'mitasi bilan hamkorlikda qishloq ayollarining imkoniyatlarini kengaytirish, ehtiyojmand oilalarga daromad manbalarini yaratish va ularga ijtimoiy yordam ko'rsatish maqsadida o'zaro yordam gurulari tuzilib, 150 nafar qishloq ayollariga tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishlari uchun imtiyozli sarmoyalar ajratildi.

Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)



See also

26 June 2025

Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty

On June 27 of this year, a briefing will be held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."
13 May 2025

BRIEFING WILL BE HELD IN SYRDARYA

The Syrdarya Regional Department of Microcredit Bank will hold a briefing on increasing employment and reducing poverty.
13 May 2025

The next briefing is being organized.

On May 13 of this year, a briefing is being held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X