Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
MY BANK
Mavrid

Lizing xizmatlari bozori yuqori o'sish salohiyatiga ega

286
Update: 18 July 2022, 12:50
Image
Lizing xizmatlari bozori yuqori o'sish salohiyatiga ega

O'zbekiston Lizing beruvchilari uyushmasi tomonidan 2013 yil yakunlari bo'yicha O'zbekistonda lizing xizmatlari sektori sharhi tayyorlandi. Unda keltirilishicha, o'tgan yili lizingning asosiy kapitalga investitsiyalar tuzilmasidagi ulushi 2,8 foizni tashkil qildi. Shuningdek, YIM da ham lizing sektori hissasi 2012 yildagi 0,6 foizdan 2013 yil 0,7 foizga yetdi. Lizing portfeli ulushining YIM dagi ko'rsatkichi 2012 yilga nisbatan o'zgarmadi va 1,3 foizni tashkil qildi.

Ushbu sharhga muvofiq, o'tgan yili lizing xizmatlari hajmining o'sish sur'ati avvalgi yilga nisbatan 36 foizga oshdi. 2012 yilda bu ko'rsatkich 590,6 mlrd. so'mni tashkil etgan bo'lsa, 2013 yil yakunlari bo'yicha 805,2 mlrd. so'mga yetdi. Amalga oshirilgan lizing bitimlari 2012 yilga nisbatan 7026 tadan 6692 taga yoki 5 foizga kamaydi. Bunga «O'zqishloqmashlizing» (2013 yilda 4703 bitim, 2012 yilda 4940 bitim), «O'zmeliomashlizing» (2013 yilda 240 bitim, 2012 yilda 315 bitim) va «Mikrokreditbank» (2013 yilda 184 bitim, 2012 yilda 330 bitim) kabi lizing beruvchilar tomonidan tuzilgan bitimlar sonining qisqarishi asosiy sabablardan biri bo'ldi.

2013 yil yakunlariga ko'ra, lizing bitimlarning umumiy portfeli 1 trln. 511 mlrd. so'mga yetdi. Lizing operatsiyalarining 69,6 foizi lizing kompaniyalari tomonidan amalga oshirildi. Ularning orasida «O'zqishloqmashlizing» (271,5 mlrd. so'm), «O'zavtosanoatlizing» (65,9 mlrd. so'm), «O'zmeliomashlizing» (38,5 mlrd. so'm), «O'zbek Lizing Interneshnl» A.O. (36,2 mlrd. so'm) va «Artum Lizing Grupp» (20,9 mlrd. so'm) lizing kompaniyalari ichida bozorning eng yirik ishtirokchilari bo'ldi.

Ma'lumki, lizing sektorida banklar ham o'z ulushiga ega. 2013 yil yakunlari bo'yicha banklar orasida eng yirik lizing beruvchilari qatoridan «Asaka» bank (65,0 mlrd. so'm), «Ipoteka bank» (32,3 mlrd. so'm), «Qishlok Qurilish bank» (20,3 mlrd. so'm), «Mikrokreditbank» (16,2 mlrd. so'm) i «O'zsanoatqurilishbank» (15,9 mlrd. so'm) o'rin oldi.

Lizing xizmatlari bozori tahlili shuni ko'rsatkmoqdaki, fermer xo'jaliklari, sanoat, transport, qurilish sektori, shuningdek ko'chmas mulk sohasi korxonalari o'z faoliyatida ko'proq lizingdan foydalanmoqda.

O'tgan yil yakunlariga ko'ra, lizingga berilgan mulk qiymatida qishloq xo'jaligi texnikasi (37,5 foiz ) yetakchi ulushga ega bo'ldi. Uning qiymati esa 296,9 mlrd. so'mga teng bo'ldi. Shuningdek, avtotransport ulushi 24,8 foiz, ko'chmas mulk 16,3 foiz, texnologik uskunalar ulushi 21,4 foizdan iborat bo'ldi.

Bitimlarning hududlar bo'yicha taqsimlanishini ko'radigan bo'lsak, respublika bo'yicha lizing bitimlari taqsimoti deyarli bir tekisda bo'lib, faqat Toshkent shahri ulushiga jami lizing operatsiyalarining deyarli to'rtdan bir qismi, ya'ni 22,4 foizi to'g'ri kelmoqda. 2013 yilda hududlar kesimida lizing operatsiyalari hajmi bo'yicha shuningdek, Toshkent viloyati 10,1 foiz va Samarqand viloyati 9,7 foizlik ulush bilan yetakchilik qildi.

Mazkur sharhda lizing bozorining rivojlanish istiqbollari ham berilgan. Unga muvofiq, kelgusida lizing xizmatlari bozori yuqori o'sish salohiyatiga ega bo'ladi. Ekspertlarning ma'lum qilishicha, yildan-yilga lizing beruvchilar bozorida raqobat kuchayib, lizing xizmatlari sifati oshib bormoqda. Demakki, yaqin kelajakda lizing O'zbekiston innovatsion iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta'minlab beruvchi istiqbolli vositalardan biriga aylanishi mumkin.

UzReport.uz



See also

26 June 2025

Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty

On June 27 of this year, a briefing will be held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."
13 May 2025

BRIEFING WILL BE HELD IN SYRDARYA

The Syrdarya Regional Department of Microcredit Bank will hold a briefing on increasing employment and reducing poverty.
13 May 2025

The next briefing is being organized.

On May 13 of this year, a briefing is being held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."

Vote

The quality of the helpline phone

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X