Mazkur seminar Respublika Markaziy banki tomonidan Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamg'arma kassalari fondi bilan hamkorlikda “O'zbekiston Respublikasida moliya sohasini qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Unda Germaniyaning Xalqaro hamkorlik jamg'arma kassalari fondi eksperti Mixail Frantz bank xodimlariga marketing sohasining moliyaviy tashkilotlar faoliyatidagi ahamiyati va istiqbollari borasida ma'lumot berdi.

Seminar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi qarorida belgilangan vazifalarni, shu jumladan bankning moliya bozorlarida ishtirok etishini kengaytirish hisobiga ularning investitsiyaviy imkoniyatlarini oshirish, yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichilariga erishish kabi vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Ikki kunlik seminar yakunida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar bankda markating faoliyatini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirishga hamda bank faoliyatini xalqaro tajribalarga mos ravishda yuqori darajada tashkil etishga xizmat qiladi.

Matbuot xizmati