Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
MY BANK
Mavrid

Eng yaxshi tadbirkorlik loyihalari

...
Update: ...
Image
Eng yaxshi tadbirkorlik loyihalari

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida tadbirkor ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan “2014-yilning eng yaxshi loyihasi” tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirga xotin-qizlar qo‘mitalari, bank-moliya tashkilotlari mutasaddilari, fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari, tadbirkor ayollar taklif etildi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov, Markaziy bank departementi direktori A.Qosimov, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xotin-qizlar manfaatlarini himoyalash, ularning iqtisodiy-huquqiy bilimini yuksaltirish, oilalar farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak natijalar berayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda bank-moliya muassasalari va jamoat tashkilotlari hamkorligida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, kollejlarni tamomlagan qizlarni ishga joylashtirish, o‘z xususiy ishini boshlash istagidagi bitiruvchilarga ko‘mak berish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihalar ayollarning og‘irini yengil qilish, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitlari yaratish imkonini bermoqda.

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan “2014-yilning eng yaxshi loyihasi” tanloviga tadbirkor ayollardan taqdim etilgan ijtimoiy ahamiyatga molik 15 biznes loyiha saralab olindi.

Tanlov g‘oliblaridan biri – Go‘zaloy Jo‘rayeva Shahrixon tumanidagi «Superbekajon» xususiy korxonasida mehnat qiladi. U taqdim etgan landshaft dizayniga oid loyiha qishloq ko‘chalarini obod qilish, atrofni mahalliy iqlim sharoitiga mos gullar, o‘simlik va maysalar, manzarali daraxtlar bilan bezashni ko‘zlasa, sirdaryolik Himoyat Eralieva issiqxonada sarxil sabzavotlar yetishtirish va «Sog‘lom ayol markazi» faoliyatini yo‘lga qo‘yishni, xorazmlik Nilufar Iskandarova esa sut mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxona ochishni rejalashtirgan.

– Prezidentimiz rahnamoligida ayollarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikni har jabhada yaqqol his etmoqdamiz, – deydi qoraqalpog‘istonlik tadbirkor Dilfuza Jiyenbekova. – Mening biznes loyiham Nukus shahrida mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirish, sayyohlarga servis xizmatini takomillashtirishni ko‘zlaydi. Uning hayotga joriy etilishi natijasida o‘nlab kollej bitiruvchilari ish bilan ta’minlanadi.

«2014-yilning eng yaxshi loyihasi» tanlovi g‘oliblariga bank mablag‘larini kafolatlovchi sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.

Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)



See also

26 June 2025

Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty

On June 27 of this year, a briefing will be held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."
13 May 2025

BRIEFING WILL BE HELD IN SYRDARYA

The Syrdarya Regional Department of Microcredit Bank will hold a briefing on increasing employment and reducing poverty.
13 May 2025

The next briefing is being organized.

On May 13 of this year, a briefing is being held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X