Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
MY BANK
Mavrid

Tadbirkor xotin-qizlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

252
Update: 18 July 2022, 12:50
Image
Tadbirkor xotin-qizlar qo‘llab-quvvatlanmoqda

Poytaxtimizda O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan xotin-qizlar tadbirkorligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda banklarning o‘rniga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘rni tobora yuksalayotgani, tadbirkor ayollarning iqtisodiy jarayonlardagi faolligi oshayotgani alohida qayd etildi. Davlatimiz rahbarining 2004-yil 25-maydagi «O‘zbekiston Xotin-qizlar ko‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning 35, fermerlarning 10 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Tadbirkorlik subyektlarini mikrokreditlashga oid me’yoriy-huquqiy baza yaratilgani tadbirkor ayollar faoliyatini rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslarni ajratishda qo‘l kelmoqda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Markaziy bank hamkorligida qator chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ayollar tadbirkorligining barcha shakllarini rivojlantirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, huquqiy bilimlarini oshirish, xorijiy tajribalar bilan tanishish hamda tijorat banklarining imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.

– 2014-yilda tadbirkor ayollarga salkam bir trillion so‘mga yaqin kreditlar ajratilib, 2013-yilga nisbatan qariyb 1,4 barobarga o‘sish ta’minlandi, – deydi Markaziy bankning tijorat banklarining kreditlash portfelini monitoring qilish departamenti direktori o‘rinbosari Zafar Azimov. – Sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohalariga yo‘naltirilayotgan mazkur kredit mablag‘lari evaziga minglab xotin-qizlar o‘z biznesiga ega bo‘lib, oilalarning turmushi farovonligi oshmoqda. Tijorat banklari mazkur mablag‘larni ajratishda qishloq joylarida ayollar boshqarayotgan, ularning mehnatidan foydalanilayotgan kichik korxonalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni rag‘batlantirish, kasanachilik va yangi ish o‘rinlarini yaratishiga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Joriy yilda ham ushbu yo‘nalishlarga bir trillion so‘mdan ziyod kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

2014-yilda tijorat banklari ayollarning turmush sharoitini yaxshilash uchun ham sarmoyalar yo‘naltirdi. Jumladan, mahalliy uy-ro‘zg‘or buyumlari xarid qilish uchun 57 milliard so‘mdan ortiq kreditlar ajratildi. Shuningdek, «Qoraqalpoq ayollarining iqtisodiy bilimlarini hayotga keng tatbiq etish» loyihasi doirasida «Tikozek», «Bozatau», «Madeli» qishloq fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qilayotgan 110 nafar ayolga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun bank tomonidan 220 million so‘m miqdorida boshlang‘ich kredit ajratildi.

Tadbirda tijorat banklarining tadbirkor xotin-qizlarning biznes rejalarini moliyalashtirishdagi o‘rni, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi va aholi bandligini ta’minlash masalalarida ishtiroki yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)



See also

26 June 2025

Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty

On June 27 of this year, a briefing will be held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."
13 May 2025

BRIEFING WILL BE HELD IN SYRDARYA

The Syrdarya Regional Department of Microcredit Bank will hold a briefing on increasing employment and reducing poverty.
13 May 2025

The next briefing is being organized.

On May 13 of this year, a briefing is being held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."

Vote

The quality of the helpline phone

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X