Toshkentdagi muhtasham «Turkiston» saroyida Markaziy bank, Axborot texnologiyalari tashkilotlari assotsiatsiyasi, Banklar assotsiatsiyasi hamkorligida BankExpo-2015 yillik ko'rgazmasi doirasida unda faol ishtirok etgan banklar va tadbirkorlarni taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Marosimda so'zga chiqqanlar bank tizimida ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladilar. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ishbilarmonlikka qulay muhit yaratilayotgani, ortiqcha qog'ozbozliklarga barham berilgani, tizimga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal olib kirilishi tadbirkorlik sub'ektlari uchun vaqt va moddiy xarajatlarni qisqartirish imkoniyati yaratilgani, bularning barchasi banklarning tadbirkorlarga ishonchli hamkor sifatida qaralayotganiga omil bo'layotganini qayd etdilar.
Tadbir davomida yangi ishlab chiqarishlarni joriy etish, yangi ish o'rinlari yaratish, ichki bozorni yangi mahsulotlar bilan to'ldirishga qaratilgan tadbirkorlarning 200 ta biznes-rejasi imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Tantanali anjumanda BankExpo-2015 natijalari ko'rib chiqildi. Bank sohasidagi so'nggi yutuqlar va yangi imkoniyatlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan qulaylik va shart-sharoitlar, yangi texnologiyalar, xizmatlar taqdim etildi. Respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkentda bo'lib o'tgan ko'rgazmalarga 120 mingdan ziyod bank xizmatlari iste'molchilari tashrif buyurdi.
Marosim nihoyasida milliy ko'rgazmani tashkil etishda faol ishtirok etgan, tadbirkorlik sub'ektlarini faol qo'llab-quvvatlayotgan, davlat dasturlari ijrosini ta'minlashda jonbozlik ko'rsatayotgan bank muassasalari turli nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar deb topildi va ularga qimmatbaho mukofotlar topshirildi.
Shunday qilib,
«Ipoteka-bank» ATIB - «Tadbirkorlarning eng yaxshi hamkori va ishonchli tayanchi»;
«Mikrokreditbank» ATB - «Eng yaxshi mikrokreditlash xizmati»;
«Agrobank» ATB - «Ta'lim muassasalari bitiruvchilarini qo'llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank»;
DT Xalq banki - «Oilaviy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank»;
ATB «Qishloq qurilish bank» - «Innovatsion loyihalarni qo'llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank»;
ATB «Qishloq qurilish bank» - «Qishloq farovonligiga qo'shayotgan hissasi uchun»;
O'zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki - «Xorijiy kredit liniyalarini jalb etayotgan eng yaxshi bank»;
«O'zsanoatqurilishbank» ATB - «Eng faol investitsion bank»;
«Asaka» bank (DATB) - «Ayollar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlovchi eng yaxshi bank»;
«InFinBank» XATB - «Hududlarda faoliyatini kengaytirayotgan eng yaxshi bank»;
«Orient Finans» XATB - «Innovatsion g'oyalarni qo'llab-quvvatlashga intiluvchan eng yaxshi bank»;
«Trastbank» XABB - «Mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatuvchi eng yaxshi bank»;
«Hamkorbank» ATB - «Hududiy BankExpo-2015 ko'rgazmasida eng faol ishtirok etgan bank»;
«Kapitalbank» ATB - «Bank tizimini nufuzini oshirishga qaratilgan xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan yilning eng yaxshi anjumani»;
AITB «Ipak yo'li banki» - «Mijozlarga masofadan xizmat ko'rsatuvchi eng yaxshi bank»;
O'zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki - «So'rov natijalariga ko'ra eng ko'p ovoz to'plagan bank»;
«Ipoteka-bank» ATIB - «Eng yaxshi reklama kompaniyasi»;
«Kapitalbank» ATB - «Eng yaxshi axborot bilan ta'minlangan stend»;
ATB «Qishloq qurilish bank» - «Eng yaxshi stend personali xizmati»;
«Asaka» DATB - «Eng yaxshi stend dizayni”;
Xalq banki - «Tashrif buyuruvchilar e'tibori sovg'asi»;
XATB «Orient Finans» - «Eng ko'p tashrif buyurilgan stend»;
AT «Aloqabank» - «Eng yaxshi texnik jixozlangan stend»;
Markaziy bankning Samarqand viloyati Bosh boshqarmasi «Eng yaxshi hududiy BankExpo-2015 ko'rgazmasi»;
ATB «Asia Alliance Bank» - «Eng samarali moliyaviy loyiha»;
«Mikrokreditbank» Qorovul filiali, ATB «Asia Alliance Bank»ning Qarshi filiali, «Ipak yo'li banki»ning Chilonzor filiali, XABB «Trastbank»ning Andijon filiali, «Aloqa» bankning Samarqand filiali “Tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlayotgan eng yaxshi hududiy bank filiali” nominatsiyalari g'olibi deb topildi.
Suratda: Mikrokreditbank Boshqaruv Raisi N.B.Xusanov sovrin bilan taqdirlanmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki