Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
MY BANK
Mavrid

Bank tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalar sarhisobiga bag‘ishlandi

235
Update: 18 July 2022, 12:50
Image
Bank tomonidan amalga oshirilayotgan vazifalar sarhisobiga bag‘ishlandi

Bugun Milliy matbuot markazida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan joriy “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirilayotgan ustuvor vazifalar va erishilgan natijalar sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari A.Nizamov, bank departament direktorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli hamda joriy yilda “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli, “O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki va “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining moliyaviy holatini yaxshilash hamda faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3694-sonli qarorlari bank tizimida olib borilayotgan islohotlarning ijrosi izchil davom ettirilmoqda.

Ayni paytda bankning 86 ta filiali va 75 ta mini-banklari respublikamizning barcha mintaqalaridagi 1,2 mlndan ortiq (924 mingdan ortiq bank plastik kartochkalari egalari) aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlamoqda.

“Mikrokreditbank”ATB tomonidan joriy yil boshidan 955,7 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilishi ta’minlandi. Shu jumladan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturlariga kiritilgan 237 ta loyihaga 65,8 mlrd. so‘m, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3268-sonli qaroriga muvofiq aholi bandligini ta’minlash maqsadida 7 572 ta fuqaroga jami 82,7 mlrd. so‘m, Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-sonli Farmoniga muvofiq, 4 252 ta mijozga 118,8 mlrd.so‘m kreditlar ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-sonli qaroriga asosan 1,2 mlrd. so‘m, tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashga 85,2 mlrd. so‘m, kasb-xunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun kreditlar 9,8 mlrd. so‘m, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga 12,3 mlrd. so‘m, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun 395,0 mlrd. so‘m, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to‘ldirish uchun 38,0 mlrd. so‘m, mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish uchun 207,4 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi.

Bank tomonidan xorijiy kredit liniyalari orqali tadbirkorlikka moliyaviy ko‘maklashish, chet el banklari tajribasini o‘rganish ishlariga ham alohida e’tibor qaratildi, Jumladan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro fondi (IFAD)ning “O‘zbekistonda sutni qayta ishlash tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat tizimini rivojlantirish” loyihasi doirasida 3,3 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan bo‘lib, hozirgi kunda loyihaning o‘zlashtirilgan 1,2 mln. AQSH miqdoridagi mablag‘lari hisobidan Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida tadbirkorlarga kreditlar ajratilmoqda. Joriy yilda ushbu mablag‘lar to‘liq o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan, Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasining 12,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasining ikkinchi bosqichi bo‘yicha kelishuvi imzolandi hamda respublikamizning barcha hududlarida mazkur mablag‘lar evaziga kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunga qadar ushbu mablag‘lardan 4 270 ming AQSH dollarlik qismi to‘liq o‘zlashtirilgan bo‘lib, yana 3 066 ming AQSH dollari miqdoridagi loyihalar bo‘yicha hujjatlar tashabbuskorlar tomonidan shakllantirilmoqda.

Turkiyaning ilg‘or tajribasini bank tizimida joriy qilish maqsadida mazkur mamlakatning Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash departamenti (KOSGЕB) bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Bank Boshqaruvi a’zolaridan iborat delegatsiya joriy yilning 28 aprel kuni Italiyaning Fodjia shahrida bo‘lib o‘tgan “Qishloq xo‘jaligi va zootexnika bo‘yicha Xalqaro yarmarka”da qatnashdi. Unda quyon go‘shti mahsuloti yetishtirish uchun ishlab chiqarishning tizimli shaklini yanada rivojlantirish, go‘sht va mo‘ynachilikka moslashtirilgan zotdor quyonlar boqish, go‘sht va terini qayta ishlash, tayyor mahsulot xolatiga keltirish va eksport qilishning yahlit tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Italiyaning bu boradagi tajribasini o‘rganish va joriy qilish maqsadida joriy yilning 2 avgust kuni Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi va Pyachensa universitetining genetika bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida Buxoro shahrida quyonchilik sohasini sanoat usulida rivojlantirish bo‘yicha seminar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Bank Matbuot xizmati



See also

26 June 2025

Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty

On June 27 of this year, a briefing will be held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."
13 May 2025

BRIEFING WILL BE HELD IN SYRDARYA

The Syrdarya Regional Department of Microcredit Bank will hold a briefing on increasing employment and reducing poverty.
13 May 2025

The next briefing is being organized.

On May 13 of this year, a briefing is being held on "Work being carried out by Microcredit Bank to ensure employment and reduce poverty."

Vote

The quality of the helpline phone

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X