Bugun Mikrokreditbankda Xalqaro hamkorlik bo`yicha Germaniya Jamg`arma kassalari fondining tashabbusi bilan “Covid-19 misolida mikro, kichik va o`rta tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar uchun inqirozlar menejmenti va favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish” mavzusida vebinar bo`lib o`tdi.
Germaniya Jamg`arma kassasining ikki nafar tajribali eksperti – Verner Tum hamda Syuzanne Shusterlar boshchiligida o`tkazilgan vebinar kichik va o`rta biznes korxonalari hamda jismoniy shaxslarning iqtisodiy hayotini ta’minlash, shuningdek, moliyaviy qiyinchiliklarning oldini oladigan favqulodda choralarni tanishtirish orqali “birinchi yordam to`plami”ni ko`rsatib berishni maqsad qiladi.
Mazkur amaliyot bankning kichik va o`rta tadbirkorlik subyektlari mijozlari hamda jismoniy shaxslar bilan ishlaydigan xodimlari uchun tashkillashtirildi.
Ma’lumot o`rnida, bu kabi vebinar dasturlari bir necha kun davom etadi.
Bank axborot xizmati