Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat banki tomonidan Fargʼona viloyati Soʼx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 5-6- iyun kunlari Fargʼona viloyatiga tashrifi davomida viloyatda Soʼx tumanini rivojlantirish boʼyicha “Mikrokreditbank” АTB tomonidan qiymati 5 mlrd. soʼm (shundan oʼz mablagʼi 2,8 mlrd. soʼm, bank krediti 2,2 mlrd. soʼm) boʼlgan 6 ta loyiha belgilangan boʼlib, ushbu loyihalarni ishga tushirish orqali jami 140 nafar yangi ish oʼrni yaratish belgilangan.

Jumladan, “Soʼx dunyo jahon trans” MChJga Logistika xizmatini tashkil etish uchun 1,8 mlrd. soʼmlik (shundan oʼz mablagʼi hisobidan 800 mln. soʼm, bank krediti 1 mlrd. soʼm) loyiha, tumandagi “Hayotxoni Mashxuriy soʼxiy” MChJ mebel ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 500 mln. soʼmlik (shundan oʼz mablagʼi 300 mln. soʼm, bank krediti 200 mln. soʼm) loyiha, "Maskani Maʼmurai Suxi" xususiy korxonasiga aholiga maishiy xizmat koʼrsatish obyektini tashkil etish uchun 1 mlrd. 450 mln. soʼmlik (shundan oʼz mablagʼi 900 mln. soʼm, bank krediti 500 mln. soʼm) loyiha, hududdagi “Tilloev Nabijon” MChJ avtomobillarga texnik xizmat koʼrsatishni tashkil etish uchun 500 mln. soʼmlik (shundan oʼz mablagʼi 400 mln. soʼm, bank krediti 100 mln. soʼm) va boshqa shu kabi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan hamda bosqichma bosqich moliyalashtirilmoqda.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2021- yillarda Fargʼona viloyatining Soʼx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan 2020- yil tumanning Sebzor mahalla fuqarolar yigʼini hududida “Farmonjon mini market” xususiy korxonasi tomonidan adras, atlas va trikotaj mahsulotlari shu bilan birga ipakda qoʼlda gilam toʼqish kooperatsiyasi tashkil etildi.

Ushbu loyihalar orqali tumandagi 120 nafar kam taʼminlangan oila vakillarini ish bilan taʼminlash boʼyicha ishlar olib borilmoqda. Loyihaning quvvatiga qarab bank tomonidan kredit ajratilishi rejalashtirilgan.

Аlbatta, yuqoridagi loyihalarni sifatli amalga oshirish uchun hududda bank shoxobchasi faoliyat yuritishi talab etiladi. Shundan kelib chiqqan holda tumandagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʼini hududida zamonaviy Bank xizmatlari markazi yaqin kunlarda foydalanishga topshiriladi.

Bank axborot xizmati