25-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida MDH ishtirokchi davlatlarining II Xalqaro bank-moliya forumi boʼlib oʼtdi.
Mazkur forumda oʼzaro manfaatli ishbilarmonlik uchrashuvlari tashkil etilib, bank sohasi hamda moliya bozorining turli tarmoq vakillari bilan dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Ushbu forum doirasida “Mikrokreditbank” АTB bir qator xalqaro anjumanlar, muhokamalar, taqdimotlarda ishtirok etdi. Jumladan, “Mikrokreditbank” hamda Rossiya Federatsiyasining “TransKapitalBank” OАJ oʼrtasida 30 mln. Yevrolik kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuvda mablagʼlar agrosanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoq mahsulotlari eksportini qoʼllab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirishga yoʼnaltirishi koʼzda tutilgan.