Font size:
A A A
Scale:
A A A A
Colors: C C
Images: On Off
Regular version
MY BANK
Mavrid

Parrandachilik bo‘yicha 179 ta loyihaga kreditlar ajratildi

...
Update: ...
Image
Parrandachilik bo‘yicha 179 ta loyihaga kreditlar ajratildi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inson sog‘lom bo‘lishi uchun bir yilda o‘rtacha 10 kilogramm parranda go‘shti va 100 dan ortiq tuxum iste’mol qilishi zarur. Chunki ular parhez mahsulotlari hisoblanib, inson organizmi uchun juda foydalidir. 

Parranda go‘shti tez hazm bo‘lish xususiyatiga ko‘ra barcha turdagi chorva mollari go‘shtidan ustun turadi. Tarkibi har xil kimyoviy elementlarga boy. Mazkur elementlarni hisobga olgan holda, mamlakatimizda ham parrandachilik sohasining rivoji bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora–tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-sonli qarori bilan respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash shuningdek, parrandachilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator imtiyozlar berildi. 

Jumladan, qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 2500 so‘m (24.01.2022 y. PQ-100) miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish joriy etildi. 

Shuningdek, parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha imtiyozlar berildi. Xususan, 2025-yil 1-yanvarga qadar quyidagi maqsadlar uchun ajratilayotgan kredit bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan:

  • omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foiz punktidan ortiq bo‘lmagan qismi;

  • parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foiz punktidan ortiq bo‘lmagan qismi qoplab beriladi. 

Shu bilan birga, kam quvvatda ishlayotgan korxonalarning to‘liq quvvatda ishlashini taʼminlash va ozuqa zahirasini shakllantirish maqsadida quyidagilar uchun kreditlar ajratilishi belgilangan:

  • parrandachilik xo‘jaliklari va ozuqa-em mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda mavjud quvvatlarni to‘liq ishga tushirish uchun 24 oygacha bo‘lgan muddatga aylanma mablag‘ ajratish va modernizatsiya qilish;

  • «Mikrokreditbank» АTBga yo‘naltiriladigan maqsadli mablag‘lar hisobiga boshqa tijorat banklari orqali tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar ham moliyalashtirilishi mumkin. Mikrokreditbank tomonidan qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, hududlarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mavjud parrandachilik korxonalari faoliyati inventarizatsiyadan o‘tkazilib, ularning mavjud ishlab chiqarish salohiyatini tiklash va yanada oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbir belgilab olindi. Xususan: o‘tkazilgan qo‘shimcha o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, parranda ozuqasi zahirasini zahira qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish uchun hududlardan 201 ta tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha (181 tasiga ozuqa uchun aylanma mablag‘lar va 20 tasiga modernizatsiya uchun) 800 mlrd.so‘m bank kreditiga talab shakllandi. 

 O‘tgan davr mobaynida ushbu talab asosida jami 179 ta loyihaga 438,6 mlrd. so‘m kreditlar ajratib berildi

Shuningdek, parrandalar uchun ozuqa-yem ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, yillik quvvati 181 ming tonna tayyor ozuqa ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 5 ta loyihaga jami 80,3 mlrd. so‘m kreditlar berildi. 

Mazkur loyihalar to‘liq amalga oshirilishi evaziga yiliga 1,3 mlrd. dona tuxum va 74 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish hamda 180,5 ming tonna tayyor ozuqa ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi. 

Parrandachilik yo‘nalishda loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bank tomonidan ishlar davom ettirilmoqda.



See also

23 May 2022

“Микрокредитбанк”: 12 минг нафарга яқин хотин-қизларнинг бандлиги таъминланди

Ижтимоий дастурлар доирасида 272 млрд. сўм имтиёзли кредитлар ажратиш ҳисобига 11 990 нафар аёллар бандлиги таъминланди.
9 March 2022

Mikrokreditbank kreditlari ko‘magida 5 mingga yaqin xotin-qizlar “Аyollar daftari” dan chiqarildi

Bank tomonidan “Аyollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand qatlamga biznes loyihalarni taqdim etish, tadbirkorligiga koʼmaklashish orqali 4 884 nafar ayollarga imtiyozli shartlarda kredit ajratildi.

New documents

Opening a deposit is easy!
Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Opening a deposit is easy!
Opening a deposit is easy!
Free Transfers
Enjoy transfers up to 5 million UZS — completely free!
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Free Transfers
Free Transfers
Online Microloan "Ommabop"
Fast and easy! Download the MAVRID app right now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Microloan "Ommabop"
Online Microloan "Ommabop"
Online Education Loan
Don’t delay your studies — start now.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Online Education Loan
Online Education Loan
Virtual cards
Virtual cards in the MAVRID app. Your phone is your wallet.
Install the Mavrid app from the service that’s convenient for you:
Virtual cards
Virtual cards
Main On the map
Contacts
Single Call Center
Work schedule: MO-FR 08:00-20:00
Helpline
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
All contacts
Trust number department of Anti-corruption control
(Internal number: 1265)
Work schedule: MO-FR 09:00-18:00
Mobile App
Mobile App

With the mobile app, you can access all banking services 24/7 — fast, convenient, and secure, right from your home!

Click to listen highlighted text!Powered by X